Tata Steel turnirida Nodirbek Abdusattorov Eron vakili ustidan g‘alaba qozondi
eʼlon qilindi
Uch tur natijasiga ko‘ra, u ikki ochko jamg‘argan
Niderlandiyaning Veyk-an-Zi shahrida bo‘lib o‘tayotgan Tata Steel shaxmat turnirida, hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov ishtirok etmoqda.
Yurtodishimiz birinchi turda hind grossmeysteri Gukesh D bilan durang natijasiga erishdi. Ikkinchi turda ham hindistonlik shaxmatchi Rameshbabu Praggnanandha bilan ham duranga ro‘zi bo‘ldi.
Bizning grossmeysterimiz uchinchi turda Eron vakili Parham Magsudlu ustidan ishonchli g֥‘alabaga erishdi.
Uch tur natijasiga ko‘ra, Nodirbek Abdusattorov ikki ochko jamg‘argan. Keyingi turda Firuzja Aliriza bilan dona suradi.
Avvalroq, «Kursiv» Magnus Karlsen blits bo’yicha jahon chempioni bo’lganini yozgan edi.