O‘zbekiston za’faroni AQShda sotiladi
BMB Holding kompaniyasi AQSh bozorida za’faron savdosi huquqini beruvchi USDA Organic sertifikatini oldi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi yozgan.
Buning uchun Euro Cert mutaxassislari bir yil davomida mahsulot yetishtirish jarayonlarini kuzatib borishdi. Kompaniya «BMB Za’faron» brendi ostida za’faronni AQShga eksport qiladi.
Avvalroq, mahsulot Yevropaning Analisi Chimiche Ed Ecologiche Sas, Laboratori di Ricerche Analitiche e Tecnologiche su Alimenti e Ambiente (Italiya), QC LAB McCormick France (Fransiya) va Chong Kiningson (Janubiy Koreya) laboratoriyalarida sinovdan o‘tkazilgan. Natijada BMB Zafaron za’faron I toifali sifat sertifikatiga ega bo‘ldi.
Avvalroq, Oʻzbekistonda 2026-yilga borib 36 ming gektar maydonda yangi dorivor oʻsimliklar plantatsiyalari barpo etilishi xabar qilingan edi. Bu hududlarda shirinmiya, za’faron, kovrak, moychechak, na’matak, dalachoy va boshqa bir qator navlar yetishtiriladi.