Qaysi abituriyentlar universitetlarga imtihonsiz kirishlari mumkin
O‘zbekistonda umumta’lim fanlari bo‘yicha milliy test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan abituriyentlar oliy o‘quv yurtlariga kirish imtihonlaridan ozod qilinadi, mamlakat hukumati qaroriga kiritilgan o‘zgartirishlar bo‘yicha.
Test sinovlari A+, A, B+, B, C+ va C darajali sertifikatlar berishni nazarda tutuvchi metodologiya bo‘yicha baholanadi.
A+ darajasi 70 ball va undan yuqori, A darajasi – 69,9 dan 65 gacha, B+ – 64,9 dan 60 gacha, B – 59,9 dan 55 gacha, C+ – 54,9 dan 50 gacha, C – 49,9 dan 46 ballgacha belgilanadi.
A+ yoki A darajasidagi sertifikatga ega bo‘lgan abituriyentlar bakalavr bosqichiga kirish uchun eng yuqori ball oladi.
B+, B, C+ va C darajali sertifikat egalari uchun ballar maksimalga mutanosib ravishda hisoblanadi.
B+, B, C+ va C darajali sertifikat egalari uchun ballar maksimalga tabaqalashtirilgan (proporsional) ravishda hisoblanadi.
Test sinovlarida qatnashish uchun arizalar Mygov.uz rqali qabul qilinadi. Ishtirok etish narxi 1,5 BHM (510 ming so‘m).
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Oliy ta’lim vazirligi o‘zbek tili va adabiyoti fanidan imtihon uchun Anton Chexov va Jek London asarlarini o‘qishni tavsiya qilgani haqida yozgan edi.