Rossiya Federatsiyasidagi o‘zbeklar jamiyati rahbariga nisbatan jinoiy ish ochildi
«Vatandosh» viloyatlararo oʻzbeklar jamiyati rahbari Usmon Baratovga nisbatan jinoiy ish ochiladi, deb xabar qildi Rossiya Federatsiyasi Tergov qoʻmitasi.
Qo‘mitaning maʼlumotlariga koʻra, Baratov Rossiya-Ukraina mojarosida ishtirok etayotgan rossiyalik askarlarni haqorat qilishda ayblanmoqda.
News.ru’ning xabar berishicha, rossiyalik harbiy muxbir Yuriy Kotenok Baratovning Odnoklassniki sahifasida tovuq «frontdagi xo‘rozlarni» qaytarishni so‘ragani tasvirlangan postni topdi. Jurnalist buni Rossiya Qurolli kuchlari askarlariga nisbatan haqorat sifatida baholadi.
Baratov Instagram’dagi sahifasida voqeani qisqacha izohladi: «Bizga xakerlik hujumi uyushtirildi».
Avvalroq,«Kursiv» O‘zbekiston fuqarolarini xorijdagi harbiy mojarolarda qatnashmaslikka chaqirilgani haqida yozgan edi.