Shell Qizil dengiz orqali yuk tashishni toʻxtatadi

eʼlon qilindi
Foto: Kursiv Media

Yirik kompaniyalardan yana biri Yaman husiylarining uzluksiz ravishda davom etayotgan hujumlari tufayli Qizil dengiz orqali yuk tashishni toʻxtatish fikriga keldi. Bu yerda gap Buyuk Britaniyaning «Shell» neft-gaz firmasi haqida bormoqda, deb xabar berdi «The Wall Street Journal» nashri.

Maʼlumotlarga koʻra, husiylar dekabr oyida kompaniyaga tegishli boʻlgan tankerni taʼqib qilishgan. Kompaniya neftning suvga toʻkilishi ehtimoli tufayli Qizil dengiz orqali yuk tashishni vaqtincha toʻxtatishga qaror qilgan.

Avvalroq, «Kursiv» yanvar oyining oʻrtalarida ikki yirik kompaniya – «Tesla» va «Volvo» husiylarning hujumlari ortidan tarkibiy qismlar yetishmasligi tufayli Yevropa hududida ishlab chiqarishni vaqtincha toʻxtatishga qaror qilgani haqida yozgandi.

AQSH taqdim etgan maʼlumotlarga koʻra, Yaman husiylarining hujumlari dunyo boʻylab yetkazmalarning 20 foiziga taʼsir qilgan. Soʻnggi kunlarda Gʻarb davlatlari ham Yaman husiylariga javob hujumlarini uyushtirgan.

Shuningdek