Toshkent havosidagi zararli zarralar miqdori meʼyoriy koʻrsatkichdan 23,8 barobarga oshib ketdi
eʼlon qilindi
Atmosferadagi CO miqdori esa ruxsat etilgan meʼyordan oshmagan
Chorshanba, 17-yanvar kuni Toshkent havosidagi PM2,5 zarralari miqdori meʼyoriy koʻrsatkichdan 23,8 barobarga oshdi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.
Atmosferada bunday zarralarning mavjudligi yurak-qontomir tizimi va oʻpka kasalliklariga chalinish ehtimolini oshirib yuboradi.
Shu bilan birga poytaxt havosidagi PM10 zarralari hamda uglerod oksidi (CO) miqdori ruxsat etilgan meʼyordan oshmagan.
«Kursiv» 16-yanvar kuni havodagi PM2,5 zarralari miqdori meʼyoriy koʻrsatkichdan 13 barobarga oshib ketgani haqida yozgandi.