Toshkent hayvonot bog‘ining asosiy kirish darvozasi vaqtincha yopiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Rekonstruksiya ishlari sabab
                    
                            
Toshkent hayvonot bog‘ida rekonstruksiya ishlari boshlandi. Shu sababli asosiy kirish darvozasi vaqtinchalik yopiladi, deya xabar berdi hayvonot bog‘i Telegram-kanalida.
Shu bilan birga, hayvonot bog’i yopilmaydi: tashrif buyuruvchilar ikkinchi kirish darvozasi orqali kirishlari mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkent hayvonot bog‘ida vasiylik dasturi ishga tushirilgani haqida yozgan edi.
