
Toshkent hayvonot bog‘ida rekonstruksiya ishlari boshlandi. Shu sababli asosiy kirish darvozasi vaqtinchalik yopiladi, deya xabar berdi hayvonot bog‘i Telegram-kanalida.
Shu bilan birga, hayvonot bog’i yopilmaydi: tashrif buyuruvchilar ikkinchi kirish darvozasi orqali kirishlari mumkin.
Avvalroq, «Kursiv» Toshkent hayvonot bog‘ida vasiylik dasturi ishga tushirilgani haqida yozgan edi.