Ayrim hududlarda yetarlicha makaron ishlab chiqarilmaydi

eʼlon qilindi
Maʼlum boʻlishicha, Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Navoiy va Samarqandda oʻtgan yili ishlab chiqarilgan makaron mahsulotlari hajmi hududiy ehtiyojning yarmini qoplash uchun ham yetmagan.

Prezident Shavkat Mirziyoyev viloyat hokimlari va mutasaddilarga 25 turdagi oziq-ovqat mahsulotlarini Oʻzbekistonning oʻzida ishlab chiqara boshlash vazifasini topshirdi. Bu haqida prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.

Kelgusida bu turdagi korxonalarda xalqaro standartlar joriy etiladi, ularga xorijdan texnolog va marketologlar jalb qilinadi.

Davlat rahbari oziq-ovqat sanoatida keng imkoniyatlar mavjud ekanligiga qaramasdan, oʻtgan yili qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlari hajmi Surxondaryoda 16 foiz, Andijonda 21 foiz, Jizzaxda 3 foizga kamayganini qayd etdi.

Qoraqalpogʻiston, Xorazm, Navoiy va Samarqandda ishlab chiqarilgan makaron mahsulotlari hajmi esa hududiy ehtiyojning yarmini qoplashga ham yetmagan.

Avvalroq, «Kursiv» Xorijiy investitsiyalarni jalb etish agentligi rahbari oʻz lavozimidan ozod etilgani haqida yozgandi.

Shuningdek