Bektemir tumanida yongʻin yuz berdi
eʼlon qilindi
Hodisa oqibatida hech kim jarohat olmagan.

Toshkent shahrining Bektemir tumanida yongʻin yuz berdi. Hodisa konteyner ichidagi qurilish materiallarining yonishi natijasida sodir boʻlgan. Bu haqida FVV maʼlum qildi.
Yongʻin 17-yanvar kuni Porloq koʻchasida yuz bergan. Olovni oʻchirishga 4 ta yongʻin-qutqaruv brigadasi jalb etilgan.
Hodisa oqibatida tan jarohati olganlar yoki vafot etganlar yoʻq.