18-yanvar kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
eʼlon qilindi
( yangilandi)
“Oʻzgidromet” ob-havo prognozini eʼlon qildi

Bugun, 18-yanvar kuni respublika boʻylab tumanli ob-havo kuzatiladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Harorat 8-13, shimolda 0-5 darajada iliqni tashkil etadi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.
Kunning birinchi yarmida Toshkent shahrida tuman tushishi mumkin. Havo harorati 10-12 daraja iliqni tashkil etadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.
Respublikaning togʻli hududlarida shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, havo harorati 3-8 daraja iliq boʻladi. Yogʻingarchilik ehtimoli yoʻq.