18-yanvar kuni O‘zbekiston valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 6,85 so‘mga pasaydi va 12 420,15 so‘mni tashkil qildi.
Bugun mamlakatning banklarida dollarni 12 430 – 12 490 so‘mdan xarid qilish va 12 365 – 12 410 so‘mdan sotish mumkin.
Moliya institutlari orasida AQSh valyutasini eng baland narxda Aloqabank, BRB, Xalqbanki, NBU va Agrobank da sotish mumkin, xarid qilishga kelsak — eng foydali taklif Octobank da.
Eslatib o‘tamiz, 16-yanvar kuni dollarning qiymati 11,95 so‘mga ko‘tarilgan edi.