Dominika Respublikasida joylashgan kompaniyalar 4 kunlik ish haftasiga oʻtishni rejalashtirmoqda.
Mazkur tashabbus fevral oyidan amalga tatbiq etiladi, xodimlarga 5 kunlik ish haftasi uchun belgilangan maosh miqdori oʻzgarishsiz qoladi. Ish haftasi dushanbadan payshanbagacha davom etadi, ish vaqti esa haftasiga 44 soatdan 36 soatgacha qisqartiriladi.
«Biz uchun odamlar, ularning salomatligini yaxshilash va farovonligi oshirish – ustuvor masaladir», – dedi mamlakatning Mehnat vaziri Luis Migel de Kamps.
Mahalliy universitetlardan biriga xodimlar salomatligidagi har qanday oʻzgarish, ularning ishi va shaxsiy hayoti oʻrtasidagi aloqani tahlil qilib borish vazifasi yuklatilgan.
Bugungi kunda Dominika Respublikasida xodimlar 6 kunlik ish haftasi boʻyicha ishlaydilar. Ish vaqti esa bir haftada 44 soatdan oshib ketmasligi shart.