Yangiliklar

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi

Uchrashuv 3:0 hisobida yakunlandi
Foto: O‘FA

Bugun, 18-yanvar kuni hamyurtlarimiz Qatarda bo‘lib o‘tayotgan Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogida Hindiston ustidan yirik hisobda g’alaba qozondi.

Birinchi taymning to‘rtinchi daqiqasida Abbosbek Fayzullayev Hindiston darvozasiga birinchi golni urdi. Raqibdan to‘pni olib qo‘yganidan so‘ng, kontr-hujumda Igor Sergeev ikkinchi golni darvozaga miqlab hisobni ko‘paytirdi.Birinchi taymni oxirida Sherzod Nasrullaev Hindiston jamoasiga javobsiz uchinchi to‘pni kiritdi.

Ikkinchi taymda o‘yin tempi biroz tushdi, jamoamiz hujumida bo‘lib otgan 2-tur o‘yini 3:0 hisobida yakunlandi. Stadionga tashrif buyurgan 38, 491 muhlislar ko‘z oldida bo‘ldi.

B-guruhdan joy olgan 2-tur natijalari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib ikkinchi pog‘onadan o‘rin oldi, Hindiston esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatga uchrab guruh ohirida qoldi. Suriya-Avstraliya o‘yni 0:1 hisobida yakunlandi. 59-daqiqada Jekson Irvin yagona golni Suriya darvozasiga kiritdi va guruh peshqadimligini saqlab qoldi va ikkinchi g‘alabaga erishdi.