Oʻzbekiston iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqish uchun eksportni yiliga 30 foizga oshirish kerak

eʼlon qilindi
Mirziyoyev eksport koʻrsatkichlarini tahlil qilib, oʻz ishida kamchiliklarga yoʻl qoʻygan bir qator mansabdorlarga nisbatan intizomiy chora koʻrishni buyurdi.
Foto: OʻzR Prezidenti matbuot xizmati

Eksport har yili kamida 30 foizga oshirilib borilsagina Oʻzbekiston iqtisodiyotini yangi bosqichga olib chiqish mumkin. Bu haqida prezident Shavkat Mirziyoyev eksport sohasidagi ishlarni tahlil qilish vaqtida aytib oʻtdi.

Prezidentning taʼkidlashicha, 2023-yilda 2 ta drayver tarmoq va 4 ta hududda eksport hajmi oʻtgan yilgiga nisbatan kamaygan. 10 ta tuman va shaharda esa eksport oldingi yilgi koʻrsatkichlarning yarmiga ham yetmagan.

Davlat rahbari Bosh vazirga Andijon, Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy viloyatlari hokimlarining investitsiyalar boʻyicha oʻrinbosarlari va 10 nafar hokimga intizomiy chora koʻrishni topshirdi.

Avvalroq, Shavkat Mirziyoyev Investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Jamshid Xoʻjayevni tizimdagi kamchiliklar uchun jiddiy ogohlantirgan edi.

Shuningdek