O‘zbekistonga turkman pomidorlari yetkazilmoqda

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘zbekiston ichki bozorida pomidorning ulgurji narxi rekord darajaga yetdi
Foto: Unsplash

Turkman pomidorlari O‘zbekiston bozorida mahalliy pomidorlarni siqib chiqara boshladi. Bu haqda EastFruit portali savdo manbalariga tayanib yozgan.

EastFruit mutaxassislari Turkmanistonda issiqxona biznesi, ayniqsa, pomidor yetishtirish jadal rivojlanayotganini qayd etadi. Bu arzon tabiiy gazdan foydalanish bilan bog‘liq. Shu bois Turkmaniston O‘zRning issiqxona sabzavot bozoriga faol ravishda yo‘l ochmoqda, bu yerda tabiiy gazdan foydalanish bilan bog‘liq muammolar ishlab chiqarish qisqarishining asosiy sabablaridan biri hisoblanadi.

Bugungi kunga qadar O‘zbekiston ichki bozorida pomidorning ulgurji narxi rekord darajaga yetdi va bir kg 2 dollardan oshdi. Bu ko‘rsatkich 2023 yilga nisbatan 40%ga yuqori va yilning shu davri uchun odatdagidan ikki baravar ko‘p.

EastFruit maʼlumotlariga koʻra, OʻzRda issiqxona pomidorining ulgurji narxlari Rossiyadan ham yuqori, odatda bu sabzavotlar qishda eksport qilinadi o‘sha davlatga.

Oktabr oyida pomidor narxi oshgani xabar qilingan edi – keyin bir hafta ichida pushti pomidor 50%ga, qizil pomidor 435ga qimmatlashgan edi.

Shuningdek