O‘zbekistonning ikki viloyatida qor ko‘chkisi xavfi e’lon qilindi

eʼlon qilindi
19 dan 21 yanvargacha
Foto: Piqsels

19—21-yanvar kunlari Oʻzbekistonning Toshkent va Namangan viloyatlarida qor koʻchkisi tushishi kutilmoqda, deb xabar qildi «Oʻzgidromet».

Bunga respublikaning togʻli hududlarida havo haroratining keskin oʻzgarishi sabab boʻlgan, deya taʼkidladi sinoptiklar.

Shu kunlarda Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq va Parkent tumanlari hamda Namangan viloyatining Pop tumanida qor ko‘chkisi xavfi yuqori.

Avvalroq, Kursiv Toshkent viloyatida 18—19-yanvar kunlari havo harorati +13° gacha isishi kutilayotgani haqida yozgan edi.

Shuningdek