Sarmacharlar kim va nima uchun Pokiston Eron bilan janjallashdi
Pokiston harbiylari Erondagi «Balujiston ozodlik armiyasi» harbiylashtirilgan tashkiloti pozitsiyalariga hujum qildi. Ushbu tashkilot a’zolari o’zlarini sarmacharlar deb atashadi. Ular kimlar, nima uchun kurashmoqda va nega ikki davlat o‘rtasida qurolli to‘qnashuv boshlangan? «Kursiv» shu savollarga javob beradi.
Sarmacharlar – boluj xalqi vakillari. Ular Pokiston, Eron va Afg‘oniston tarkibiga kiruvchi hududda mustaqil davlat yaratish uchun kurashishmoqda.
Eronda ham, Pokistonda ham Baluj xalqi zulm va diskriminatsiyaga uchragan. Eronda mojaro diniy xarakterga ega. Balujlar asosan sunniylar, mamlakatdagi rasmiy din islom shia yo‘nalishida.
Pokistonda Balujiston viloyati mamlakat hududining 44%ni egallaydi. Bu mis, oltin, neft va tabiiy gazning yirik konlariga qaramay, eng qashshoq va eng sekin rivojlangan hududlardan biridir.
Balujiston ozodlik armiyasi ilk bor 2000-yilda Pokistonning Balujiston ma’muriy markazi Kvetta shahridagi supermarketda bomba portlatib yuborganini e’lon qilgan edi.
Harbiylar, politsiya va rasmiylar bilan bir qatorda ko’pincha tinch aholi qurbonlari bo’lgan muntazam zo’ravonlik harakatlari uchun tashkilot AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy va Evropa Ittifoqida terroristik guruh sifatida tan olingan.
Islomoboddagi hukumatga qarshi kurashda sarmacharlar Eronning chegara hududlaridan baza va boshpana sifatida foydalanadilar. Pokistonning o‘zida ham asosan Islom Respublikasiga qarshi harakat qiladigan baluj separatistlari guruhlari mavjud.
Shu guruhlardan biri Jaysh al-Adl (Adolat armiyasi) o‘tgan yilning dekabr oyida Eronning Siston va Balujiston viloyati markazi Zohidon shahridagi politsiya bo‘limiga hujum qilib, 11 kishini o‘ldirgan edi. Bunga javoban Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi 16-yanvar kuni Pokistondagi jangarilar pozitsiyalariga zarba berdi va bu ikki davlat o‘rtasidagi munosabatlarning keskinlashuvining boshlanishi bo‘ldi.
Pokistonning Balujistoni Xitoyning «Bir makon, bir yo‘l» tashabbusini amalga oshirishda muhim rol o‘ynaydi. Shu bois har ikki tomon bilan yaxshi munosabatda bo‘lgan rasmiy Pekin hozir keskinlikni yumshatishda faol vositachilik taklif qilmoqda.