19-yanvar kuni Toshkentda qor yogʻishi mumkin

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Togʻli hududlarda qor koʻchishi xavfi mavjud.

Bugun respublika boʻylab havo harorati 5-10 daraja iliqni tashkil etadi, shimolda 3 daraja sovuqqacha tushishi mumkin. Sirdaryo va Fargʻona vodiysi viloyatlarning ayrim hududlarida vaqti-vaqti bilan yogʻingarchilik kuzatiladi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.

Toshkent shahrida yomgʻir va qor yogʻishi kutilmoqda. Havo harorati 5-7 daraja iliqni tashkil etadi.

Respublikaning togʻli hududlarida tuman tushishi, qor yogʻishi mumkin. Toshkent va Namangan viloyatlarining togʻli hududlarida qor koʻchishi ehtimoli mavjud.

Shuningdek