IIB inspektor-psixologlari bolalarni yomon tarbiya bergan vasiylarni javobgarlikka tortishlari mumkin
Senatorlar 49-yalpi majlisda IIB voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha inspektor-psixologlariga o‘z farzandlarini tarbiyasi va nazoratini susaytirayotgan vasiylarni ma’muriy javobgarlikka tortish huquqini beruvchi qonunni ma’qulladilar.
Bezorilik va (yoki) zo’ravonlik sodir etgan yoki ularni sodir etishga moyil bo‘lgan shaxs tomonidan himoya orderi talablarini buzganligi uchun ichki ishlar bo’limining xotin-qizlar masalalari bo’yicha inspektorlariga ma’muriy huquqbuzarliklarni rasmiylashtirish huquqi beriladi.
Senatorlarning fikricha, qonun voyaga yetmaganlar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, ayollar va bolalar huquqlarini himoya qilishda IIB faoliyati samaradorligini oshiradi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston Respublikasida oʻtgan yilning bahorida senatorlar oiladagi zoʻravonlikni jinoyat deb maʼqullagan edi.