Isroilning Ewave MD Medical kompaniyasi Oʻzbekistonda tibbiyot platformasini ishga tushirmoqchi

eʼlon qilindi
Ushbu masala ikki tomon vakillari oʻrtasida muhokama qilingan
Foto: Depositphotos

Isroilning «Ewave MD Medical» kompaniyasi Oʻzbekistonda Sogʻliqni saqlash tizimini monitoring va nazorat qiluvchi platformani ishga tushirmoqchi. Bu haqida «Dunyo» axborot agentligi maʼlum qildi.

Ushbu masala oʻzbekistonlik diplomatlar va tibbiy kompaniya asoschilari oʻrtasida muhokama qilingan.

«Ewave MD Medical» kompaniyasi vakillarining fikriga koʻra, taklif etilayotgan platforma gʻarbning muqobil tizimlariga qaraganda Oʻzbekiston sharoitiga koʻproq mos keladi.

Kompaniya loyihani Oʻzbekiston hududida Sogʻliqni saqlash, shuningdek Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi koʻmagida amalga oshirishi kutilmoqda.

«Ewave MD Medical» kompaniyasiga 2000-yilda asos solingan boʻlib, u davlat va xususiy kasalxonalar uchun raqamli yechimlar taklif etadi. Xususan, u bugungi kunga qadar teletibbiyot, onlayn reseptlar taqdim etish boʻyicha yirik loyihalarni amalga oshirgan.

Avvalroq, «Kursiv» joriy yilning 1-yanvar sanasidan boshlab Oʻzbekistonda tibbiy maʼlumotnomalar onlayn berilishi haqida yozgandi.

Shuningdek