17-yanvar kuni O‘zbekiston Futbol Assotsiatsiyasi (O‘FA) qo‘mitasining futbolchilarning maqomi va transferlari yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi va unda klublarning futbolchilar, murabbiylar va xodimlar oldidagi qarzlarini qoplash masalalari muhokama qilindi.
Avvalroq, O‘FA klublarni 2024-yilning 10-yanvariga qadar qarzlarni to‘lash zarurligi haqida ogohlantirgandi.
«So’g’diyona, «Neftchi» va «Buxoro» klublari maoshlari bo’yicha qarzdorlik tufayli yangi futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazish huquqidan mahrum bo‘ldi. O’FA qishki va yozgi transfer oynalarida futbolchilarni ro’yxatdan o’tkazishni klublar qarzlaridan qutulmaguncha taqiqlashga qaror qildi.
Bundan tashqari, «Navbahor», «Turon», «Unired» va «Paxtakor-79» kabi boshqa klublar ham reglament talablariga e’tiborsizlik qilgani uchun futbolchilarni ro‘yxatdan o‘tkazishni taqiqladi.
Avvalroq, «Kursiv» futbol bo‘yicha Osiyo Kubogida O‘zbekiston terma jamoasi Hindistonni mag‘lub etdi, deb xabar bergan edi.