Oliy Majlis senatorlari soni 65 nafarga qisqartiriladi
Oliy Majlisdagi senatorlar soni 100 nafardan 65 nafarga qisqartiriladi, bu haqdagi qonun parlament yuqori palatasining yalpi majlisida ma’qullandi.
Endi respublikaning har bir viloyatidan to‘rt nafar senator saylanadi, to‘qqiz nafari esa mamlakat prezidenti tomonidan tayinlanadi.
Qonunchilik palatasi spikeri o‘rinbosarlari soni yetti nafardan ikkiga qisqartiriladi. Bunda mazkur lavozimni egallagan deputat o‘zining partiya a’zoligini to‘xtatib turishi shart.
Bundan tashqari, Qonunchilik palatasi va Senatni o‘z-o‘zini tarqatib yuborish huquqi joriy etilgan. Shundan so‘ng ikki oy muddatda parlament quyi palatasiga saylovlar o‘tkazilishi, bir oy ichida esa yuqori palataning yangi tarkibi shakllantirilishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yili O‘zbekiston aralash saylov tizimiga o‘tgani haqida yozgan edi.