Senatning 49-yalpi majlisida dronlarni noqonuniy olib kirish va ulardan foydalanish uchun jazoni yengillashtiruvchi qonun qabul qilindi.
Ushbu huquqbuzarlikni birinchi marta sodir etgan shaxslarga nisbatan qonun jinoiy emas, balki ma’muriy javobgarlikni belgilaydi.
Jinoyat kodeksining 2444-moddasida belgilangan sanksiyalarga muqobil jarima, axloq tuzatish ishlari, ozodlikni cheklash kabi jazo turlari kiritilmoqda, ya’ni shunday harakatlar uchun ma’muriy jazo qo‘llanilganidan keyin sodir etilgan bo‘lsa, jinoiy javobgarlik nazarda tutilmoqda.
Hujjatga ko‘ra, ma’muriy huquqbuzarlik natijasida aniqlangan dronlar davlat tomonidan musodara qilinadi.
Qonunga ko‘ra, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni, ular uchun butlovchi qismlar va ehtiyot qismlarni ixtiyoriy ravishda topshirgan huquqbuzarlar javobgarlikdan ozod qilinadi.
Avvalroq, «Kursiv» Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi 3 yilga qamaldi, deb xabar bergan edi.