Prezidentlikka sobiq nomzod Robaxon Mahmudova oʻz lavozimidan ozod etildi

eʼlon qilindi
U Oliy sud raisining birinchi oʻrinbosari sifatida 2020-yilning yoz faslidan beri ishlab kelayotgan edi.
Foto: Senat matbuot xizmati

Oliy Majlis senatorlari Oʻzbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining birinchi oʻrinbosari Robaxon Mahmudovaning boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan uning oʻz lavozimidan ozod etilishini maʼqulladilar. Bu haqida «OʻzA» agentligi xabar berdi.

Robaxon Mahmudova mazkur lavozimda 2020-yilning iyul oyidan buyon ishlab kelayotgan edi.

Eslatib oʻtamiz, Mahmudova oʻtgan yili prezidentlik saylovlarida «Adolat» sotsial-demokratik partiyasidan nomzod sifatida ishtirok etgan. Uning nomzodini saylovchilarning 4 foizi qoʻllab-quvvatlagan.

«Gazeta.uz» nashrining yozishicha, Robaxon Mahmudova «Adolat» siyosiy partiyasi raisi lavozimini egallashi mumkin. 2020-yildan buyon ushbu lavozimda Bahrom Abduhalimov faoliyat yuritib keladi.

Avvalroq, «Kursiv» prezident Shavkat Mirziyoyev Vazirlar Mahkamasi va Oliy sudga oiladagi zoʻravonlik qurbonlari uchun ajrimning soddalashtirilgan tartibi toʻgʻrisidagi qonun loyihasini ishlab chiqishni topshirgani haqida yozgandi.

Shuningdek