Rossiya rasmiylariga kadrlar taqchilligi muammosini O‘zbekiston hisobidan hal etish tavsiya etildi

eʼlon qilindi
Buning uchun esa o'zbek tilini o'rganish kerak
Foto: RT

Rossiyada ishchi kuchi yetishmasligi muammosi hech bo’lmaganda 2020-yillarning oxirigacha dolzarb mavzu bo‘lib qoladi. Bunday vaziyatda rasmiylar «O‘zbekistonga qarashlari kerak», dedi iqtisodchi Natalya Zubarevich Tatariston Investitsiyalarni rivojlantirish agentligi yig‘ilishida.

«Siz Rossiyada ishchi topa olmaysiz. Kavkazga borishni tavsiya qilmaymiz. Chunki bu odamlar stanok qarshisida ishlashni xohlamaydi. O‘zbekistonliklar esa bir nechta yig‘ish zavodlarini, jumladan, koreys uskunalarida ishlashga muvaffaq bo‘ldilar. Bu Farg‘ona vodiysida, Toshkent yaqinida samara berdi. Shuning uchun o‘zbek tilini o‘rganing, bu siz uchun oson», — deya Zubarevichning so‘zlarini keltiradi «Kommersant» nashri.

Uning qoʻshimcha qilishicha, ishchi kuchi sifati boʻyicha «Oʻzbekiston Tojikistondan yaxshiroq».

Iqtisodchi, shuningdek, xorijdan mehnat muhojirlarini jalb qilish uchun qo‘shimcha ijtimoiy xarajatlar talab etilishiga mutasaddilarning e’tiborini qaratdi. Bu insonlarni oilalari bilan kelishi bilan bog’liq.

Avvalroq, «Kursiv» Rossiya Federatsiyasi prezidenti huzuridagi tadbirkorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha komissari Boris Titov rossiyaliklarning migrantlardan qo‘rqishlari asossiz ekanini aytganini yozgan edi.

Shuningdek