Rossiyada Oʻzbekiston fuqarosi 3 yilga qamaldi

eʼlon qilindi
U koʻp qavatli uylardan birida portlash sodir etilishi haqida yolgʻon xabar yetkazgan.
Foto: alexraths / www.depositphotos.com

Rossiyaning Krasnodar shahri sudi Oʻzbekiston fuqarosi Mahamadjon Rasulovni uch yilga ozodlikdan mahrum qildi. U shaharning qutqaruv xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, turar joy binosida portlash xavfi mavjudligi haqida yolgʻon maʼlumot bergan. Bu haqida TASS agentligi xabar qildi.

«Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi terroristik akt haqidagi yolgʻon xabar uchun sudlandi. U sud majlisida oʻz aybiga toʻliq iqror boʻlgan», – deyiladi xabarda.

Rasulov oʻtgan yilning kuz faslida mast holatda qutqaruv xizmatiga qoʻngʻiroq qilib, Krasnodar shahridagi koʻp qavatli uylarning birida portlash sodir boʻlishi kutilayotgani haqida yolgʻon maʼlumot bergan. Aytilgan manzilga yetib kelgan qutqaruv xizmati xodimlari hududni koʻzdan kechirib, bu yerda hech qanday portlovchi modda yoʻq ekanligini aniqlashgan.

Avvalroq, «Kursiv» 22 nafar oʻzbek talabasi Janubiy Koreyadan deportatsiya qilingani haqida yozgandi.

Shuningdek