Suzuvchi Sibirtsev Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchun kurash olib boradi
Rossiyalik suzuvchi Ilya Sibirtsev sport fuqaroligini o‘zgartirishga qaror qildi. Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida (JCh) sportchi O‘zbekiston terma jamoasi safida kurash olib boradi, deb xabar bermoqda RIA-Novosti agentligi murabbiy Artur Albieroning so‘zlariga tayanib.
2023-yilning kuzida Xalqaro suv sporti federatsiyasi Sibirtsevga O‘zbekiston nomidan musobaqada qatnashishga ruxsat bermadi. Biroq, avvalroq xabar bergan edik, sportchi baribir ishtirok etdi: Toyota US Open turnirida u bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sibirtsev o‘smirlar o‘rtasida suzish bo‘yicha chempionatning kumush va bronza medallari sohibi. Sportchi Barnaulda tug‘ilgan, AQShda o‘qiydi va yashaydi.
Suv sporti bo‘yicha jahon chempionati 2-18 fevral kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadi.