Rossiyalik suzuvchi Ilya Sibirtsev sport fuqaroligini o‘zgartirishga qaror qildi. Qatarda bo‘lib o‘tadigan jahon chempionatida (JCh) sportchi O‘zbekiston terma jamoasi safida kurash olib boradi, deb xabar bermoqda RIA-Novosti agentligi murabbiy Artur Albieroning so‘zlariga tayanib.
2023-yilning kuzida Xalqaro suv sporti federatsiyasi Sibirtsevga O‘zbekiston nomidan musobaqada qatnashishga ruxsat bermadi. Biroq, avvalroq xabar bergan edik, sportchi baribir ishtirok etdi: Toyota US Open turnirida u bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Sibirtsev o‘smirlar o‘rtasida suzish bo‘yicha chempionatning kumush va bronza medallari sohibi. Sportchi Barnaulda tug‘ilgan, AQShda o‘qiydi va yashaydi.
Suv sporti bo‘yicha jahon chempionati 2-18 fevral kunlari Qatarda bo‘lib o‘tadi.