Yil davomida O‘zR’da gaz qazib olish 9,4%ga kamaydi

eʼlon qilindi
Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra
Foto: Unsplash

Statistika agentligi maʼlumotlariga koʻra, oʻtgan yili Oʻzbekiston korxonalari tomonidan 46 mlrd kub metrdan ortiq gaz mahsulotini ishlab chiqarilgan, bu natija 2022-yilga nisbatan 9,4%ga kam.

Gaz qazib olishning qisqarishi bilan bir qatorda, respublikada gaz kondensati ishlab chiqarish 8,3%ga qisqarib, 1,1 mln tonnani tashkil etdi.

Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, ko‘mir qazib olish yil davomida deyarli 11%ga o‘sib, 6,1 mln tonnani tashkil etdi.

Eslatib o‘tamiz, mamlakatimiz Turkmaniston va Rossiya bilan ko‘k yoqilg‘i yetkazib berish bo‘yicha shartnomalar tuzgan. «Gazprom» rahbari Aleksey Millerning soʻzlariga koʻra, bu yil Toshkent 15 yillik shartnoma imzolaydi.

Shuningdek