Buxoro aeroporti tuman sabab samolyotlarni qabul qilishni vaqtincha to‘xtatdi

eʼlon qilindi
Toshkentdan kelayotgan samolyot shaharga qo‘na olmadi
Foto: Vera_Petrunina / www.depositphotos.com

Buxoro aeroportini qalin tuman qopladi, koʻrish masofasi 100 metrdan kam. Aeroportda shanba kuni ertalab samolyotlarni qabul qilish uchun cheklovlar joriy etildi, deb xabar berdi Uzbekistan Airports.

«Mahalliy vaqt bilan soat 08:08dan boshlab Buxoro aeroportida havo kemalarini qabul qilishga cheklovlar joriy etildi», — deyiladi xabarda.

«UzAirports» xabariga ko‘ra, tuman tufayli Silk Avia aviakompaniyasining US-803 reysi ekipaji muqobil aerodromga jo‘nab ketishga qaror qilgan. Buxoro o‘rniga Toshkentdan uchayotgan yo‘lovchilar Samarqandga kelib qo‘ndi.

Mahalliy vaqt bilan soat 10:10 da Buxoro aeroportida cheklovlar bekor qilindi, deb ta’kidladi «UzAirports».

Bir kun avval Toshkent aeroportida tuman muammosi yuzaga keldi. Aeroport faqat tungi vaqtda normal ishlay boshladi.

«Kursiv» nashrining yozishicha, 18 yanvar kuni tuman sabab Toshkentga uchuvchi bir qancha aviakompaniyalar reyslari respublikaning boshqa shaharlariga yo‘naltirilgan.

Shuningdek