O‘zbekiston aholisining yarmidan ko‘pi shaharlarda yashaydi

eʼlon qilindi
Gap 18,8 million kishi haqida ketmoqda
Foto: Unsplash

O‘zbekistonning 1 kvadrat kilometriga 82 nafar aholi to‘g‘ri keladi. Bu koʻrsatkich yil sayin ortib bormoqda, deb xabar qildi respublika prezidenti huzuridagi Statistika agentligi.

2023-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda 1 kv.km ga o‘rtacha 80,2 kishi to‘g‘ri kelar edi. Shunday qilib, ko’rsatkich 1,8 ga oshdi.

Hozirda mamlakatda 36,8 millionga yaqin aholi istiqomat qiladi. Ularning taxminan 18,8 millioni shaharlarda, 18 milliondan sal ko’prog’i qishloqlarda.

«Kursiv»ning yozishicha, yil davomida respublika aholisi 774,8 ming kishiga ko‘paygan.

Shuningdek