O‘zbekiston prezidentligiga sobiq nomzod Mahmudova “Adolat” partiyasini boshqaradi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Siyosiy kengash qarori bilan
                    
                            
2023-yilda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston prezidenti sayloviga o‘z nomzodini qo‘ygan Robaxon Mahmudova «Adolat» sotsial-demokratik partiyasi raisi bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zA.
Bu haqdagi qaror partiya siyosiy kengashining plenumida qabul qilindi. Tuzilma partiya raisi Baxrom Abduxalimovni lavozimidan ozod etdi va ochiq ovoz berish orqali Mahmudovani sayladi.
Mahmudova 2023 yilgi prezidentlik saylovida «Adolat» partiyasidan ishtirok etgan. U O‘zbekiston aholisining 4 foizdan ortiq ovozini oldi.
Avvalroq, Kursiv 19-yanvar kuni Oliy Majlis Senati Mahmudovani O‘zbekiston Oliy sudi raisining birinchi o‘rinbosari lavozimidan ozod etishni ma’qullagani haqida yozgan edi.
