O‘zbekistonda ayrim daryolarda resurslar qazib olishga moratoriy joriy etiladi

eʼlon qilindi
1-maydan boshlab
Foto: Unsplash

Mamlakat prezidentining farmoniga binoan O‘zbekistonda 1-maydan olti daryoda foydali qazilmalarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etiladi. Bu haqda advokat Xushnudbek Xudoyberdiev Telegram’dagi kanalida xabar berdi.

Moratoriy Chirchiq, Sangzor, Zarafshon, Norin, Qashqadaryo va Surxondaryoga tegishli. Resurs qazib olish taqiqlanadigan chegaralar mamlakat Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi.

Agar moratoriy davrida taqiqlangan hududlarda ish olib borilayotganligi aniqlansa, qoidabuzarlar tabiatga etkazilgan zararni o‘n baravar qoplashadi.

Suvni muhofaza qilish zonalarida qum va shag‘al qazib olish huquqi faqat elektron auksion savdo maydonchasi orqali amalga oshiriladi.

Avvalroq, Kursiv 2023-yil noyabr oyida Chirchiq daryosiga noqonuniy shag‘al qazib olish natijasida yetkazilgan zarar haqida yozgan edi.

Shuningdek