2023-yil ko‘chmas mulk hisoboti, Paxtakor auksionga qo‘yilishi va sotuvdan olinishi, Sarmacharlar va Pokiston bilan Eronning moajarosi: haftaning dolzarb yangiliklari

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Foto: Roman Fedotov / Kursiv

Ko‘chmas mulk hisoboti 2023-yil

​​Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi O‘zbekistondagi ko‘chmas mulk bozorining 2023-yil uchun so‘nggi sharhini taqdim etdi.

Hisobotda bozordagi ijobiy dinamika qayd etilgan: shartnomalar hajmi 5,7% ga oshdi, ijaraga beriladigan uy-joylar kamaydi, ikkilamchi uy-joy narxlari o‘sishda davom etmoqda. Yil davomida 272,4 mingta xonadon sotildi, bu o‘tgan yilgi ko‘rsatkichlardan 257 ming bitimga ko‘p.

Paxtakor auksionga qo‘yildi va sotuvdan olindi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi «Paxtakor» futbol klubi MCHJ davlat ulushini sotib olish uchun arizalar qabul qilish boshlanganini ma’lum qilgan edi.

Biroq, Oʻzbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi (DABA) «Paxtakor» futbol klubini (FK) xususiylashtirish boʻyicha ochiq savdolar toʻxtatilganini eʼlon qildi. DABA bayonotida aniqlik kiritilishicha, bu qaror jamoatchilik fikrini o‘rganib chiqqandan keyin qabul qilingan.

Sarmacharlar kim va nima uchun Pokiston Eron bilan janjallashdi

Pokiston harbiylari Erondagi «Balujiston ozodlik armiyasi» harbiylashtirilgan tashkiloti pozitsiyalariga hujum qildi. Ushbu tashkilot a’zolari o’zlarini sarmacharlar deb atashadi. Ular kimlar, nima uchun kurashmoqda va nega ikki davlat o‘rtasida qurolli to‘qnashuv boshlangan? «Kursiv» shu savollarga javob beradi.

2024-yilda narxlar ko‘tariladi

«Kursiv» «Satori IB Group» kompaniyasi tahlilchisi Ivan Orlov bilan joriy yilda nimalarning narxi boshqalariga nisbatan koʻproq oshishi, ushbu jarayonni qanday qilib jilovlash mumkinligi haqida suhbatlashdi.

Futbol bo‘yicha Osiyo Kubogi

B-guruhdan joy olgan 2-tur natijalari bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi to‘rt ochko jamg‘arib ikkinchi pog‘onadan o‘rin oldi, Hindiston esa ketma-ket ikkinchi mag‘lubiyatga uchrab guruh ohirida qoldi. Suriya-Avstraliya o‘yni 0:1 hisobida yakunlandi. 59-daqiqada Jekson Irvin yagona golni Suriya darvozasiga kiritdi va guruh peshqadimligini saqlab qoldi va ikkinchi g‘alabaga erishdi.

O‘zbekiston Fond bozori

«Toshkent» Respublika fond birjasida (RFB) o’tgan yil IPOga boy bo’ldi. Bozorga ilk bor uchta kompaniya – UzAuto Motors zavodi, telekommunikatsiya giganti «O‘zbektelekom» va «O‘zbekinvest» sug‘urta kompaniyasi kirib keldi. Biroq jalb qilingan mablag‘lar hajmi 10 million dollardan oshmadi, bu O‘zbekiston iqtisodiyoti uchun juda kamtarona ko‘rsatkich.

Shuningdek