O‘zbekistonlik Feruza Kazakova boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Millatlar kubogida eng yaxshi deb topildi, deb xabar berdi O‘zbekiston Milliy olimpiya qo‘mitasi.
Serbiyada bo‘lib o‘tgan ushbu musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi vakillari 11 ta medal – to‘rtta oltin, uchta kumush va to‘rtta bronzani qo‘lga kiritdi.
Jumladan, Feruza Kazakova, Aziza Yakubova, Sitora Turdibekova va Aziza Zokirova eng yuqori darajadagi medallarni qo‘lga kiritdi.
Kumush medallarni Saidaxon Rahmonova, Rayxona Qodirova va Navbahor Hamidova, bronza medalni Muxlisa Xushvaqtova, Moxinabonu va Xadichabonu Abdullayeva hamda Oltina Sotimboyevalar qo‘lga kiritdi.
Avvalroq, Kursiv o‘zbekistonlik bokschi Murodjon Axmadaliyev WBA chempionlik kamariga da’vogar bo‘lgani haqida yozgan edi.