Japarov: Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l 35-40 yildan so‘ng o‘zini oqlaydi

eʼlon qilindi
Uning ishga tushirilishi Qirg‘iziston Respublikasiga tranzit davlatga aylanish imkonini beradi
Foto: TTStudio/Depositphotos

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov «Kabar» axborot agentligiga bergan intervyusida Xitoy-Qirg‘iziston-O‘zbekiston temir yo‘lining o‘zini oqlash muddatini e’lon qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu loyiha 35-40 yil ichida o‘zini oqlaydi, biroq uning amalga oshirilishi Qirg‘iziston Respublikasiga tranzit davlatga aylanish imkonini beradi. Japarovning ta’kidlashicha, xorijiy kreditlar moliyalashtirish uchun ishlatilmaydi.

Xitoydan O‘zbekistonga temir yo‘l qurish bo‘yicha kelishuv 2022-yil kuzida ShHT sammiti doirasida imzolangan edi. Loyiha 2023-yilda ishga tushirilishi rejalashtirilgan edi, biroq oʻsha yilning kuzida Qirgʻiziston hukumati uning 2024-yilga koʻchirilishini e’lon qilgan edi.

Xitoydan O‘zR’ga o‘tadigan temir yo‘lning taxminiy qiymati 5 mlrd dollarni tashkil etdi.Yo‘lning umumiy uzunligi qariyb 450 kilometrni tashkil etadi.

Avvalroq, «Kursiv» o‘tgan yil oxirida Afg‘oniston va O‘zbekiston vakillari Trans-Afg‘on magistrali qurilishini tezlashtirish masalasini muhokama qilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek