Mamlakatimizda minimal iste’mol xarajatlari (MIX) 621 ming so‘mga baholandi. Bu o‘tgan yilga nisbatan 9,3%ga ko‘pdir, deya xabar beradi Statistika agentligi.
O‘zbekistonda 2021-yildan boshlab MIX’ni hisoblash tartibi joriy etilgan. U inflyatsiya kutilmalari asosida hisoblab chiqiladi va kambag‘allik chegarasini aniqlash uchun ishlatiladi.
Aytish joizki, respublikada yillik inflyatsiya 8,8%ga oshgan. Shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlari narxi o‘rtacha 9,7%ga ko‘tarildi.
Freedom Finance Global kompaniyasi buyurtmasi bilan URTG tomonidan har oyda O‘zbekiston aholisi o‘rtasida o‘tkazilayotgan so‘rov natijalariga ko‘ra, narxlar o‘sishiga qaramay, mamlakatimiz aholisining aksariyati moddiy farovonligi yaxshilanganini ma’lum qildi. O‘zbekistonliklar bu yil ham xuddi shunday yaxshilanishni kutishmoqda.
Avvalroq, «Kursiv» Osiyodagi koronavirus pandemiyasi kambag‘allarni yanada nochorroq ahvolga solganini yozgan edi.