Toshkent havosidagi zararli zarralar miqdori normadan 14 baravar oshdi

eʼlon qilindi
Sinoptiklar ma'lumotiga ko'ra
Foto: Piqsels

22-yanvar, dushanba kuni Toshkent shahrida atmosferada PM2,5 miqdori ruxsat etilgan me’yordan 14,3 baravarga oshdi, deb xabar berdi «O‘zgidromet».

PM2.5 – changning mayda zarralari. Ular o’pka va yurak kasalliklari bo’lgan odamlar uchun zararli.

Shu bilan birga, CO va PM10 kontsentratsiyasi normal darajada ekanligi aniqlandi.

Avvalroq, Kursiv 17-yanvar kuni Toshkentda PM2.5 tarkibi normadan 23 baravarga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek