Xitoyliklar Toshkentning quyosh energetikasiga 700 mln dollardan ortiq sarmoya kiritishmoqda

eʼlon qilindi
Beshta elektr stansiyasi barpo etiladi
Foto: Toshkent shahar hokimligi

Xitoyning Shuifa Singyes Energy Holdings Limited kompaniyasi Toshkentdagi quyosh elektr stansiyalari qurilishiga 714 mln dollar sarmoya kiritadi. Bunday shartnomani kompaniya rahbariyati ayni damda Xitoyda bo‘lib turgan O‘zbekiston poytaxtining Yashnobod tumani hokimi Baxtiyor Rahmonqulov bilan tuzdi. Hujjat imzolangani haqida poytaxt hokimligida ma’lum qilindi.

Bir kun avval, Rahmonqulov Xitoy kompaniyasi bosh menejeri Mayson Ma bilan uchrashdi. Tomonlar bo‘lajak investitsiya loyihasini amalga oshirishni muhokama qildilar, shundan so‘ng ob’ektlar qurish bo‘yicha shartnoma imzolandi. Gap umumiy quvvati 1 GVt bo’lgan beshta elektr stansiyasi haqida bormoqda.

China Shuifa Singyes Energy Holdings Limited – shamol va quyosh elektr stansiyalarini qurishga ixtisoslashgan Xitoy kompaniyasi.

Eslatib o‘tamiz, Fransiyaning Voltalia kompaniyasi Xorazmda quyosh elektr stansiyasini quradi. Investitsiyalar 68 mln dollarga baholanmoqda.

Shuningdek