23-yanvar kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?
eʼlon qilindi
( yangilandi)
Bu haqida “Oʻzgidromet” maʼlum qildi

Bugun Oʻzbekiston boʻylab havo harorati 10-15, shimolda 0-5 daraja iliq boʻlishi kutilmoqda. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining ayrim hududlarida yogʻingarchilik (yomgʻir va qor) kutiladi. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.
Respublikaning togʻli hududlarida yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli kam. Havo harorati 4-9 daraja iliqni tashkil etadi.
Toshkent shahrida ham yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, havo harorati 13-15 daraja iliq boʻladi.