Ekologiya va Sogʻliqni saqlash vazirligi havo sifatini monitoring qilish uchun milliy platforma va mobil ilovani ishga tushiradi.
Buning uchun loyiha doirasida 2023-yildan Surxondaryo, Buxoro, Xorazm viloyatlari hamda Qoraqalpogʻiston Respublikasida havo ifloslanishi ortidan aholining turli kasalliklarga chalinish darajasini oʻrganish boshlangan.
Bugungi kunda Oʻzbekistonda havo sifatini monitoring qilishda Atmosfera ifloslanishi umumiy indeksidan (IZA) foydalaniladi. U havoni ifloslantiruvchi zarralarning oʻrtacha yillik konsentratsiyasi asosida hisoblanadi.
Avvalroq, «Kursiv» 17-yanvar kuni Toshkent havosida PM2,5 zarralari miqdori JSST tomonidan ruxsat etilgan koʻrsatkichdan 23 barobarga oshib ketgani haqida yozgandi.