Oʻzbekistonda kichik biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 83 trln soʻm ajratiladi

eʼlon qilindi
Prezident tegishli qarorni imzoladi.
Foto: «Yangi O’zbekiston»

Oʻzbekistonda kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash uchun 83 trln soʻm ajratiladi. Prezident Shavkat Mirziyoyev tegishli qarorni imzoladi.

Shuningdek, sohaga xalqaro moliya institutlarining 247,5 million dollarga teng mablagʻi ham jalb etiladi.

Jumladan, kichik biznes subyektlariga 40 trln soʻm kredit koʻrinishida, 40 trln soʻm esa mikromoliyaviy xizmatlar koʻrsatish uchun yoʻnaltiriladi.

Kichik va oʻrta biznes loyihalarini moliyalashtirish uchun 1,5 trln soʻm ajratish belgilangan. 247,5 mln dollar esa tadbirkorlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun yoʻnaltiriladi.

Eslatib oʻtamiz, davlat rahbari 2023-yilning kuz faslida kichik biznesni moliyaviy jihatdan qoʻllab-quvvatlashga oid qarorni imzolagan edi. Shu maqsadda byudjetdan 6 trln soʻm ajratilishi belgilangan.

Avvalroq, «Kursiv» oʻtgan yilning 11 oyi mobaynida kichik biznes subyektlari 9,3 trln soʻm miqdorida soliq toʻlagani haqida yozgandi.

Shuningdek