Olmaotadagi zilzila oqibatida sakkiz kishi jabrlandi
Qozog‘istonning Olmaota shahrida seshanbaga o‘tar kechasi sodir bo‘lgan zilzila oqibatida sakkiz kishi jabrlandi, deb xabar bermoqda «TASS» axborot agentligi.
Uch kishi xonadon derazasidan sakrash oqibatida jarohat olgan. Bir nafar jabrlanuvchi kasalxonaga yotqizilgan.
Olmaotada zilzila kuchi taxminan besh ballni tashkil etgan. Yer osti silkinishlaridan qo‘rqqan aholi uylarni tark etishga majbur bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 22-yanvarga o‘tar kechasi Qirg‘iziston-Xitoy chegarasida ketma-ket yer silkinishlari sodir bo‘lgan edi. Ularni Qozog‘iston va O‘zbekiston aholisi ham sezgan.
O‘zbekiston poytaxti va respublikaning boshqa hududlarida zilzilaning sezilish kuchi to‘rt ballni tashkil etgan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda kuchli zilzilalar haqida ogohlantirish tizimi joriy etilishini e’lon qilgan edi.