O‘zbek-qirg‘iz avtomobil zavodining ishga tushirilish muddati olti oyga kechiktirildi

eʼlon qilindi
yomon ob-havo sababli
Foto: phonlamai/Depositphotos

Oʻzbek-qirgʻiz avtomobil ishlab chiqarish korxonasini ishga tushirish muddati olti oyga kechiktirildi, dedi Qirgʻiziston Respublikasi Iqtisodiyot va investitsiyalar vazirligi rahbari Daniyar Amangeldiev.

Bunga noqulay ob-havo sharoiti sabab bo‘lgan. Aslida zavodni 2024-yil boshida ishga tushirish rejalashtirilgan edi.

O‘zbekiston va Qirg‘iziston o‘rtasida 2023-yil boshida qo‘shma korxona tashkil etish bo‘yicha kelishuv imzolangan. Qirg‘izistonning Chuy viloyatida zavod qurilishi o‘sha yilning bahor faslidayoq boshlangan.

Kompaniya dastlabda yiliga 10 mingta avtomobil ishlab chiqaradi. Kelgusida ishlab chiqarish hajmini 20 mingtaga oshirish rejalashtirilgan. Shuningdek, butlovchi qismlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish ham rejada bor.

Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekistonda yil davomida yengil avtomobillar ishlab chiqarish hajmi 26 foizga oshgani haqida yozgan edi.

Shuningdek