O‘zbekiston terma jamoasi Avstraliya bilan durang o‘ynadi
Bugun, 23-yanvar kuni Osiyo Kubogida hamyurtlarimiz Avstraliya vakillariga qarshi maydonga tushishdi.
1-taymning 46-daqiqasida avstraliyaliklar oldinga chiqib olishdi. O’zbekiston jarima maydonchasi ichida to’p himoyachimiz Odiljon Hamrobekovning qo‘liga teggani uchun darvozamiz tomon penalti belgilandi. Martin Boyl aniq zarba berdi va tabloda 1:0. Birinchi taym Avstraliya jamoasining kichik ustunligi bilan yakunlandi.
2-taymda esa futbolchilarimiz vaziyatni o‘zgartirishdi. Jalolidin Masharipov uzatmasidan so‘ng Azizbek Turg‘unboyev 79-daqiqada boshi bilan berilgan zarbasi raqib darvozasiga kirib ketdi va hisob 1:1 bilan yakunlandi.
B-guruhinig 3-tur natijasiga ko‘ra jamoamiz besh ochko jamg‘arib keyingi pley-off bahslariga yo‘l oladi. Guruhning peshqadami yetti ochko bilan o‘z o‘rnini saqlab qoldi. Suriya Hindiston ustidan kichik hisobda 1:0 g‘alaba qozondi va to‘rt ochko yig‘ib uchinchi o‘rinni egalladi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston Hindiston ustidan yirik g‘alaba qozondi, deb xabar bergan edi.