Shavkat Mirziyoyev Xitoyga joʻnab ketdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bu haqida prezident matbuot xizmati maʼlum qildi. 
                    
                            
Prezident Shavkat Mirziyoyev 23-yanvar kuni XXR raisi Si Szinpin taklifiga binoan Xitoyga joʻnab ketdi. Bu haqida prezident matbuot xizmati maʼlum qildi.
Davlat rahbari 23-25-yanvar kunlari ushbu mamlakatda boʻladi.
Shavkat Mirziyoyev davlat tashrifi doirasida oliy darajadagi muzokaralar va ikki tomonlama uchrashuvlar oʻtkazadi.
Avvalroq, «Kursiv» Xitoyning Urumchi shahrida «Oʻztoʻqimachiliksanoat» uyushmasining vakolatxonasi ochilishi haqida yozgandi.
