Yangiliklar

24-yanvar kuni Oʻzbekistonda qanday ob-havo kuzatiladi?

Respublikaning ayrim hududlarida qor yogʻishi mumkin.
Foto: Depositphotos

Bugun respublika hududi boʻylab havo harorati 10-15 daraja iliq boʻladi, shimolda 0-5 daraja sovuqni tashkil etadi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyatining baʼzi joylarida qor yogʻishi mumkin. Bu haqida «Oʻzgidromet» maʼlum qildi.

Buxoro, Navoiy viloyatlarida kechga yaqin yomgʻir yogʻishi, baʼzi joylarga tuman tushishi kutilmoqda.

Toshkent shahrida havo harorati 12-14 daraja iliqni tashkil etadi, yogʻingarchilik kutilmaydi.

Respublikaning togʻli hududlarida ham yogʻingarchilik boʻlishi ehtimoli yoʻq.