CNPC O‘zR’da yer osti gaz omborlarini qurishda ishtirok etishi mumkin
Xitoyning CNPC neft-gaz korporatsiyasi O‘zbekistonda yer osti gaz omborlarini qurishda ishtirok etishi mumkin. O‘zR prezidenti Shavkat Mirziyoyev ushbu masalani kompaniya raisi Day Xoulyan bilan muhokama qildi.
Tomonlar O‘zbekistonda gaz yetkazish tizimini modernizatsiya qilish, zamonaviy burg‘ulash texnologiyalarini joriy etish va mutaxassislar tayyorlash masalalarini ham muhokama qildilar.
CNPC 1988-yilda tashkil etilgan. Kompaniya neft va gaz qazib olish bilan shug’ullanadi. Uning Xitoy neft bozoridagi ulushi 60%, tabiiy gaz 73,4% va neft mahsulotlari bo‘yicha 41%.
CNPC sho’ba korxonasi PetroChina bo’lib, u 1999- yilda korporativ restrukturizatsiya doirasida asos solingan.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston bir necha yo‘nalishlar bo‘yicha Xitoy tajribasini o‘rganashi haqida e’lon qilgan edi.