Energetika vazirligi huzuridagi «O‘zenergoinspektsiya» ishchi guruhlari tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirlarida 30 nafar iste’molchi tomonidan elektr energiyasi va tabiiy gazdan noqonuniy foydalanganlik holatlari aniqlandi.
23-yanvar kuni davomida energiya resurslaridan foydalanish qoidalarini buzish holatlari bo‘yicha 43 ta ma’muriy ish qo‘zg‘atildi.
Profilaktika tadbirlari doirasida hududlarda 757 ta tekshiruv oʻtkazilib, taʼminot korxonalari tomonidan ishlar olib borilgan 67 ta obyekt oʻrganildi.
Shuningdek, tadbirkorlik subyektlarida reaktiv quvvat kompensatsiyasi moslamalarini o‘rnatish yuzasidan 395 nafar iste’molchiga tushuntirish ishlari olib borilib, tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Avvalroq, «Kursiv» O‘zbekiston prokuraturasi tomonidan elektr tarmoqlariga noqonuniy ulanish bo‘yicha 1000 dan ortiq jinoiy ish qo‘zg‘atilishi haqida xabar bergan edi.